Falsafa doktori dasturi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ikki yo‘nalish bo‘yicha mahalliy falsafa doktori (PhD) dasturini taqdim etadi:

Menejment
(08.00.13)

Menejment
(08.00.13)

Ekonometrika va statistika
(08.00.06)

Ekonometrika va statistika
(08.00.06)

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish va o’qish jarayoni uchun asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hisoblanadi.

Nomzodlar PhD dasturiga kunduzgi (tayanch doktorantura) yoki sirtqi (mustaqil tadqiqotchi) shaklda ariza topshirishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik, tashkiliy va boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli qaroriga asosan, doktorantura dasturlari mablag‘ mavjudligi va universitet rahbariyatining qaroriga ko‘ra “Davlat yoki universitet tomonidan moliyalashtiriladigan” yoki “O‘z mablag‘i hisobidan shartnoma asosida” bo‘lishi mumkin.

Barcha hujjatlar quyidagi platforma orqali topshirilishi kerak: daraja.ilmiy.uz.

ARIZA BERISHGA TAYYORMISIZ?
SAYOHATINGIZNI BUGUN BOSHLANG

Talablar haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son va 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “Chet tillarni o‘rganishni ommalashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy Attestatsiya Komissiyasining tegishli yo‘riqnomalariga murojaat qilishingiz mumkun.

TXVU Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish uchun nrashitova@wiut.uz elektron pochta manzili yoki +998 71 238 74 15 raqami orqali Nilufar Rashitova bilan bog‘lanishingiz mumkun.

TALABLAR VA O‘QUV JARAYONI

Nomzodlar uchun talablar

PhD uchun:

  • Magistratura darajasi yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha unga tenglashtirilgan oliy ma’lumot diplomi;
  • Ilmiy yutuqlar, shu jumladan, ilmiy jurnalda e’lon qilingan kamida bitta ilmiy maqola (jurnal maqolasi) va tegishli sohalarda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlar to‘plamlarida chop etilgan kamida ikkita tezis. Bular PhD dissertatsiyasining asosini tashkil etishi mumkin.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yakunlash uchun qo‘yiladigan talablar. Falsafa doktori (PhD) darajasi uchun nomzod uch yillik ta’lim davomida quyidagilarni bajarishi lozim:

O‘qishning birinchi yilida:
  • dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejani tuzish va tasdiqlash;
  • ixtisoslik sohasidagi nazariy-uslubiy (metodologik) dasturni tuzish va tasdiqlash;
  • dissertatsiya mavzusi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatida ko‘rsatilgan ilmiy jurnallarda kamida 1 ta (bitta) ilmiy maqola chop etish;
  • ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta (bitta) ma’ruza bilan ishtirok etish va shashr qildirish;
  • dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari yuzasidan universitetda o‘tkaziladigan seminarda ma’ruza qilish (rahbar bilan birgalikda).