Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ikki yo‘nalish bo‘yicha mahalliy fan doktori (DSc) dasturini taqdim etadi:
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish va o’qish jarayoni uchun asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hisoblanadi.
Nomzodlar PhD dasturiga kunduzgi (tayanch doktorantura) yoki sirtqi (mustaqil tadqiqotchi) shaklda ariza topshirishlari mumkin. O O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik, tashkiliy va boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli qaroriga asosan, doktorantura dasturlari mablag‘ mavjudligi va universitet rahbariyatining qaroriga ko‘ra “Davlat yoki universitet tomonidan moliyalashtiriladigan” yoki “O‘z mablag‘i hisobidan shartnoma asosida” bo‘lishi mumkin.
Barcha hujjatlar quyidagi platforma orqali topshirilishi kerak: daraja.ilmiy.uz.
ARIZA BERISHGA TAYYORMISIZ?
SAYOHATINGIZNI BUGUN BOSHLANG
TXVU Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish uchun nrashitova@wiut.uz elektron pochta manzili yoki +998 71 238 74 15 raqami orqali Nilufar Rashitova bilan bog‘lanishingiz mumkun.
TALABLAR VA O‘QUV JARAYONI
Doktorantura (DSc) ga kiruvchilar uchun talabgorlar quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
- Xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan olingan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasi yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja;
- Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng erishilgan salmoqli ilmiy yutuqlar, jumladan: tegishli fan sohalariga oid ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy anjuman materiallari to‘plamida yoki boshqa ilmiy maqolalar to‘plamlarida e’lon qilingan kamida ikkita tezis. Ushbu ilmiy ishlar fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi lozim.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yakunlash uchun qo‘yiladigan talablar. Fan doktori (DSc) darajasi uchun nomzod uch yillik ta’lim davomida quyidagilarni bajarishi lozim:
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy reja tuzish va tasdiqlash;
- dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblarini yakunlash;
- Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidagi jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 3 ta (uchta) ilmiy maqola nashr etish;
- respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar to‘plamlarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta (bitta) ilmiy ma’ruza tezisini chop ettirish;
- ilmiy konferensiya yoki seminarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etish;
- dissertatsiya mavzusi yuzasidan tahliliy sharh tayyorlash;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy sharh natijalari yuzasidan seminarda taqdimot o‘tkazish.
