MAQSAD VA VAZIFALAR
2002-yilda taşkil etilgandan buyon, Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti olimlari va talabalari Özbekiston, Markaziy Osiyo va butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Sönggi yillarda siyosiy islohotlar natijasida hukumat va xususiy sektor qarorlarini işonçli tadqiqot natijalariga asoslangan dalillar bilan qöllab-quvvatlaş zarurati ortib bormoqda. Özbekiston ta’lim tizimida va mehnat bozorida fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bölgan tadqiqotçilar va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bölgan yuqori talabdan kelib çiqib, ilmiy darajalar beruvçi Ilmiy kengaşni taşkil etdi.
TXVU huzuridagi 29.06.2019.I.85.01 raqamli Ilmiy kengaş mahalliy oliy ta’lim muassasalarining PhD va DSc darajasi izlanuvçilari 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” sohasi böyiça PhD yoki DSc darajalarini oliş uçun dissertatsiyalarini himoya qiladigan ilmiy platformadir. Uşbu Kengaş Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan 2019-yil 29-iyunda tasdiqlangan.

Izlanuvçilar tomonidan ariza topşiriş va himoya jarayoni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori asosida amalga oşiriladi. Izlanuvçilar dissertatsiyaning yozilgan tilidan kelib çiqib özbek, rus yoki ingliz tilida himoya qilişlari mumkin.
Nomzodlar öz tadqiqot natijalarini Ilmiy seminarlar turkumida taqdim etişlari kerak. Ilmiy seminarlar turkumida davlat va xususiy sektorning yetakçi taşkilotlari, ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalarining işçi guruhi a’zolari va opponentlari iştirok etadi. Nomzodlar işçi guruh va opponentlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda himoyaga ötişlari lozim.
Biz bilan boğlaning!
Iş vaqti
(tuşlik 13:00-14:00)
Telefonlar
Enquiry office: research@wiut.uz
Ilmiy tadqiqot bo’limi:
nrashitova@wiut.uz
