Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2020-2021 öquv yilidan boşlab ikki yönaliş böyiça mahalliy falsafa doktori (PhD) dasturini taqdim etadi:
Oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiriş va öqiş jarayoni uçun asosiy me’yoriy hujjat Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hisoblanadi.
Nomzodlar PhD dasturiga kunduzgi (tayanç doktorantura) yoki sirtqi (mustaqil tadqiqotçi) şaklda ariza topşirişlari mumkin. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik, taşkiliy va boşqaruv mustaqilligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 60-sonli qaroriga asosan, doktorantura dasturlari mablağ mavjudligi va universitet rahbariyatining qaroriga köra “Davlat yoki universitet tomonidan moliyalaştiriladigan” yoki “Öz mablaği hisobidan şartnoma asosida” bölişi mumkin.
Barça hujjatlar quyidagi platforma orqali topşirilişi kerak: daraja.ilmiy.uz.
ARIZA BERIŞGA TAYYORMISIZ?
KELAJAKKA BIZ BILAN QADAM QÖYING!
Talablar haqida batafsil ma’lumot oliş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son va 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “Çet tillarni örganişni ommalaştirişni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda Oliy Attestatsiya Komissiyasining tegişli yöriqnomalariga murojaat qilişingiz mumkun.
TXVU Oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim dasturlari haqida ma’lumot oliş uçun nrashitova@wiut.uz elektron poçta manzili yoki +998 71 238 74 15 raqami orqali Nilufar Rashitova bilan boğlanişingiz mumkun.
TALABLAR VA ÖQUV JARAYONI
PhD uçun:
- Magistratura darajasi yoki mutaxassislik dasturlari böyiça unga tenglaştirilgan oliy ma’lumot diplomi;
- Ilmiy yutuqlar, şu jumladan, ilmiy jurnalda e’lon qilingan kamida bitta ilmiy maqola (jurnal maqolasi) va tegişli sohalarda ötkazilgan ilmiy anjumanlar töplamlarida çop etilgan kamida ikkita tezis. Bular PhD dissertatsiyasining asosini taşkil etişi mumkin.
Oliy öquv yurtidan keyingi ta’limni yakunlaş uçun qöyiladigan talablar. Falsafa doktori (PhD) darajasi uçun nomzod uç yillik ta’lim davomida quyidagilarni bajarişi lozim:
dissertatsiya mavzusi böyiça yakka tartibdagi rejani tuziş va tasdiqlaş;
ixtisoslik sohasidagi nazariy-uslubiy (metodologik) dasturni tuziş va tasdiqlaş;
dissertatsiya mavzusi böyiça Oliy attestatsiya komissiyasi röyxatida körsatilgan ilmiy jurnallarda kamida 1 ta (bitta) ilmiy maqola çop etiş;
ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi böyiça kamida 1 ta (bitta) ma’ruza bilan iştirok etiş va şaşr qildiriş;
dissertatsiya mavzusi böyiça tahliliy şarh natijalari yuzasidan universitetda ötkaziladigan seminarda ma’ruza qiliş (rahbar bilan birgalikda).
