Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2020-2021 öquv yilidan boşlab ikki yönaliş böyiça mahalliy fan doktori (DSc) dasturini taqdim etadi:
Oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiriş va öqiş jarayoni uçun asosiy me’yoriy hujjat Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hisoblanadi.
Nomzodlar PhD dasturiga kunduzgi (tayanç doktorantura) yoki sirtqi (mustaqil tadqiqotçi) şaklda ariza topşirişlari mumkin. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik, taşkiliy va boşqaruv mustaqilligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 60-sonli qaroriga asosan, doktorantura dasturlari mablağ mavjudligi va universitet rahbariyatining qaroriga köra “Davlat yoki universitet tomonidan moliyalaştiriladigan” yoki “Öz mablaği hisobidan şartnoma asosida” bölişi mumkin.
Barça hujjatlar quyidagi platforma orqali topşirilişi kerak: daraja.ilmiy.uz.
ARIZA BERIŞGA TAYYORMISIZ?
KELAJAKKA BIZ BILAN QADAM QÖYING!
Talablar haqida batafsil ma’lumot oliş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son va 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “Çet tillarni örganişni ommalaştirişni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda Oliy Attestatsiya Komissiyasining tegişli yöriqnomalariga murojaat qilişingiz mumkun.
TXVU Oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim dasturlari haqida ma’lumot oliş uçun nrashitova@wiut.uz elektron poçta manzili yoki +998 71 238 74 15 raqami orqali Nilufar Rashitova bilan boğlanişingiz mumkun.
TALABLAR VA ÖQUV JARAYONI
Doktorantura (DSc) ga kiruvçilar uçun talabgorlar quyidagilarga ega bölişi kerak:
Xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan olingan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasi yoxud unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy daraja;
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan söng erişilgan salmoqli ilmiy yutuqlar, jumladan: tegişli fan sohalariga oid ilmiy jurnallarda çop etilgan kamida uçta ilmiy maqola hamda ilmiy anjuman materiallari töplamida yoki boşqa ilmiy maqolalar töplamlarida e’lon qilingan kamida ikkita tezis. Uşbu ilmiy işlar fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya tadqiqotining asosini taşkil etişi lozim.
Oliy öquv yurtidan keyingi ta’limni yakunlaş uçun qöyiladigan talablar. Fan doktori (DSc) darajasi uçun nomzod uç yillik ta’lim davomida quyidagilarni bajarişi lozim:
dissertatsiya mavzusi böyiça şaxsiy reja tuziş va tasdiqlaş;
dissertatsiyaning birinçi va ikkinçi boblarini yakunlaş;
Oliy attestatsiya komissiyasi röyxatidagi jurnallarda dissertatsiya mavzusi böyiça kamida 3 ta (uçta) ilmiy maqola naşr etiş;
respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar töplamlarida dissertatsiya mavzusi böyiça kamida 1 ta (bitta) ilmiy ma’ruza tezisini çop ettiriş;
ilmiy konferensiya yoki seminarda dissertatsiya mavzusi böyiça ma’ruza bilan iştirok etiş;
dissertatsiya mavzusi yuzasidan tahliliy şarh tayyorlaş;
dissertatsiya mavzusi böyiça tayyorlangan tahliliy şarh natijalari yuzasidan seminarda taqdimot ötkaziş.
