Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim maktabi tashkil etildi. Shu munosabat bilan 2021-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) kunduzgi bo’limida hamda mustaqil izlanuvchilik asosida o’qish va ilmiy tadqiqot olib borish uchun quyidagi ikki ixtisoslik bo’yicha talabgorlar saralab olinadi:
08.00.13 – Menejment
08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish va o’qish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 22-may 304-son Qarori hamda “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 2019-yil 19-iyul 606-son Qarori asosida tashkil etiladi.
Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish ikki shaklda tashkil etiladi:
- Grant asosida - O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari yoki universitet mablag’lari hisobidan.
- To’lov-kontrakt asosida.
Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish uchun hujjatlar universitet qabul komissiyasi tomonidan 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bo’lgan davrda qabul qilinadi: https://daraja.ilmiy.uz/
Xar bir nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi onlayn qabul tizimidan xam yuqorida keltirilgan muddatda ro’yxatdan o’tishlari talab etiladi: https://daraja.ilmiy.uz/
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda to’rt marta qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura va doktorantura bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar ushbu havoladan http://science.wiut.uz/uz/ olishingiz yoki Nilufar Rashitovaga elektron pochta Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. yoki telefon +998712387415 orqali murojaat qilishingiz mumkin.
