Falsafa doktori dasturi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim maktabi tashkil etildi. Shu munosabat bilan tayanch doktorantura va doktorantura kunduzgi bo’limida hamda mustaqil izlanuvchilik asosida o’qish va ilmiy tadqiqot olib borish uchun quyidagi ikki ixtisoslik bo’yicha talabgorlar saralab olinadi:

08.00.13 – Menejment

08.00.06 – Ekonometrika va statistika

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish va o’qish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2017-yil 22-may, 304-son Qarori asosida tashkil etiladi.

Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish ikki shaklda tashkil etiladi:

  • Grant asosida - O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari yoki universitet mablag’lari hisobidan.
  • To’lov-kontrakt asosida.

Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish uchun hujjatlar universitet qabul komissiyasi tomonidan 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bo’lgan davrda qabul qilinadi. Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda to’rt marta qabul qilinadi.

Barcha hujjatlar elektron shaklda https://daraja.ilmiy.uz/ platformasi orqali qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura va doktorantura bo’yicha savollar bilan Nilufar Rashitovaga murojaat qilishingiz mumkin:

elektron pochta manzili: nrashitova@wiut.uz, telefon: +998712387415.

Qabul jarayoni va o’qish bo’yicha talablar

Nomzodlarga talablar

Tayanch doktoranturaga (PhD) kiruvchilar uchun*:

  • magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplomga ega bo’lish;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish;
  • *mustaqil izlanuvchilik uchun ikki yildan kam bo’lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo’lish (asosiy talabga qo’shimcha).

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o’qishga qo’yiladigan talablar

O’qishning birinchi yilida:
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha tasdiqlangan shaxsiy reja tuzish;
  • ixtisoslik bo’yicha nazariy-metodologik dastur tuzish;
  • OAK ro’yxatida ko’rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo’yicha kamida bitta ilmiy maqola chop etish;
  • ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo’yicha ma’ruza bilan ishtirok etish;
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha tahliliy umumlashtiruvchi ma’lumotlar bo’yicha izlanishlar olib borish;
  • universitet seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi ma’lumot natijalari bo’yicha ma’ruza qilish;