Fan doktori dasturi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim maktabi tashkil etildi. Shu munosabat bilan tayanch doktorantura va doktorantura kunduzgi bo’limida hamda mustaqil izlanuvchilik asosida o’qish va ilmiy tadqiqot olib borish uchun quyidagi ikki ixtisoslik bo’yicha talabgorlar saralab olinadi:

08.00.13 – Menejment

08.00.06 – Ekonometrika va statistika

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish va o’qish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2017-yil 22-may, 304-son Qarori asosida tashkil etiladi.

Doktoranturada o’qish ikki shaklda tashkil etiladi:

  • Grant asosida - O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari yoki universitet mablag’lari hisobidan.
  • To’lov-kontrakt asosida.

Doktoranturada o’qish uchun hujjatlar universitet qabul komissiyasi tomonidan 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bo’lgan davrda qabul qilinadi. Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda to’rt marta qabul qilinadi.

Barcha hujjatlar elektron shaklda https://daraja.ilmiy.uz/ platformasi orqali qabul qilinadi.

Doktorantura bo’yicha savollar bilan Nilufar Rashitovaga murojaat qilishingiz mumkin:

elektron pochta manzili: nrashitova@wiut.uz, telefon: +998712387415.

Qabul jarayoni va o’qish bo’yicha talablar

Nomzodlarga talablar

Doktoranturaga (DSc) kiruvchilar uchun:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajaga ega bo’lish;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so’ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o’qishga qo’yiladigan talablar

O’qishning birinchi yilida:
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha tasdiqlangan shaxsiy reja tuzish;
  • dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblarini tayyorlash;
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha OAK ro’yxatida ko’rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etish;
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etish;
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan ishtirok etish;
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha tahliliy sharh tayyorlash;
  • dissertatsiya mavzusi bo’yicha tahliliy sharh natijalari bo’yicha seminarda ma’ruza qilish;