Maqsad va vazifalar

2002-yilda tashkil etilgandan buyon, Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti olimlari va talabalari O’zbekiston, Markaziy Osiyo va dunyo bo’ylab olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga jalb qilingan. So’nggi paytlarda olib borilayotgan siyosiy islohotlar davlat va xususiy sektor miqyosida aniq tadqiqot natijalariga asoslangan qarorlar qabul qilish zaruriyatini oshirmoqda.

O’zbekiston ta’lim tizimida va mehnat bozorida fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan tadqiqotchilar va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan yuqori talabdan kelib chiqib, ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashni tashkil etdi.

Image
Ilmiy kengash Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2019-yil 29-iyulda DSc 29.06.2019.I.85.01 raqami bilan tasdiqlangan bo’lib, mahalliy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar izlanuvchilari 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini olishda dissertatsiyalarni himoya qilish uchun platforma hisoblanadi.
Izlanuvchilar tomonidan ariza topshirish va himoya jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori asosida amalga oshiriladi. Izlanuvchilar dissertatsiyaning yozilgan tilidan kelib chiqib o’zbek, rus yoki ingliz tilida himoya qilishlari mumkin.
Nomzodlar o’z tadqiqotlari natijalarini eng avvalo Ilmiy kengash qoshida faoliyat yuritayotgan ishchi guruhi davlat tashkilotlari va xususiy sektorning hamda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari yetakchi mutaxassislaridan iborat Ilmiy seminarda bayon etishlari lozim. Nomzodlar ishchi guruh va opponentlar bildirgan fikrlar, taqrizlarga asoslanib himoyaga tavsiya etiladi.