Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetining Doktorantura maktabiga "Menejment" (08.00.13) and "Ekonometrika va statistika" (08.00.06) ixtisosliklari bo‘yicha doktoranturaga hujjatlar qabuli 2026-yil 15-sentyabrdan boshlanadi. Hujjatlar topshirish mazkur yilning 15-oktyabriga qadar davom etadi.
Kvotalar soni:
| Tayanch doktorantura (PhD) | |
|---|---|
| Menejment (08.00.13) | Ekonometrika va statistika (08.00.06) |
| 2 | 2 |
Doktoranturaga kirish va o‘qish talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga asoslanadi.
Barcha hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali onlayn topshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun https://science.wiut.uz/ veb saytiga yoki telefon orqali (+998 71) 238 74 15, (+998 71) 238 74 62 murojaat qilishingiz mumkin.
