Biz haqimizda

MAQSAD VA VAZIFALAR

2002-yilda tashkil etilgandan buyon, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti olimlari va talabalari O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. So‘nggi yillarda siyosiy islohotlar natijasida hukumat va xususiy sektor qarorlarini ishonchli tadqiqot natijalariga asoslangan dalillar bilan qo‘llab-quvvatlash zarurati ortib bormoqda. O’zbekiston ta’lim tizimida va mehnat bozorida fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan tadqiqotchilar va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan yuqori talabdan kelib chiqib, ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashni tashkil etdi.

TXVU huzuridagi 29.06.2019.I.85.01 raqamli Ilmiy kengash mahalliy oliy ta’lim muassasalarining PhD va DSc darajasi izlanuvchilari 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” sohasi bo‘yicha PhD yoki DSc darajalarini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladigan ilmiy platformadir. Ushbu Kengash Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan 2019-yil 29-iyunda tasdiqlangan.
Image
Izlanuvchilar tomonidan ariza topshirish va himoya jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori asosida amalga oshiriladi. Izlanuvchilar dissertatsiyaning yozilgan tilidan kelib chiqib o’zbek, rus yoki ingliz tilida himoya qilishlari mumkin.
 
Nomzodlar o‘z tadqiqot natijalarini Ilmiy seminarlar turkumida taqdim etishlari kerak. Ilmiy seminarlar turkumida davlat va xususiy sektorning yetakchi tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalarining ishchi guruhi a’zolari va opponentlari ishtirok etadi. Nomzodlar ishchi guruh va opponentlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda himoyaga o‘tishlari lozim.

Biz bilan bog’laning!

Ish vaqti

Dushanba - Juma
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
(tushlik 13:00-14:00)

Telefonlar

(+998 71) 238 74 00 – Enquiry office
(+998 71) 238 74 00 ext 566

E-mail

Enquiry office: research@wiut.uz
Ilmiy tadqiqot bo’limi: 
nrashitova@wiut.uz