Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster Universiteti (WIUT) doktorantura maktabiga xush kelibsiz!
Davlat rahbari boshchiligida olib borilayotgan milliy islohotlar va o'zgarishlar O‘zbekiston ta’lim tizimida, hususan oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida ham bir qator imkonoyatlar yaratildi. O‘zbekiston 2030 davlat rivojlanish strategiyasining maqsadlariga muvofiq, biz akademik mavqeimizni mustahkamlash uchun bir nechta tashabbuslarni ilgari surdik.
TXVU Doktorantura maktabining tashkil etilishi O‘zbekistonda fan, ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadidan kelib chiqqan. Doktorantura ta’limi universitet ilmiy salohiyatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mamlakat bo‘ylab ko‘plab yangi oliy ta'lim muassasalari tashkil etilishi yuqori malakali profesor-o‘qituvcilar va ilmiy tadqiqotchilarga bo‘lgan talab ortishiga asos bo‘ldi.

Ilm fanni rivojlantirish nuqtai nazardan bizning asosiy maqsadlarimiz:
- Global standartlarga javob beradigan yuqori sifatli Doktorantura ta’limini ta’minlash.
- Ta’lim muassasalri va ishlab chiqarish (sanoat) uchun yuqori malakali tadqiqotchilarni tayyorlash.
- Yosh olimlarni samarali tadqiqotlar olib borishga undash va ularni qo’llab-quvvatlash.
- O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yetakchi tadqiqot markazi bo‘lib xizmat qilish.
Bizning tadqiqot usullari bo‘yicha magistrlik dasturimiz O‘zbekistondagi noyob dastur bo‘lib, Buyuk Britaniya tomonidan tasdiqlangan magistrlik darajasini taklif etadi. Bu dastur uchta muhim o‘lchov bo‘yicha tadqiqot qobiliyatini rivojlantiradi: tadqiqot ko‘nikmalari, shaxsiy bilim va ko‘nikmalar shuningdek amaliy tadqiqot amaliyotlari. Ushbu dastur sohada doktorlik (PhD) darajasiga yoki yuqori darajadagi analitik lavozimlarga intilayotgan talabalar uchun aniq yo‘lni taqdim etadi.
Bundan tashqari, bizning "Menejment" va "Ekonometrika va statistika" bo‘yicha mahalliy doktorlik (PhD) va fan doktori (DSc) dasturlarimiz ilmiy darajani oshirish yoki ilg’or tadqiqotlarga sodiq bo‘lganlar uchun xalqaro muhit va hamkorlik imkonoiyatlarini taklif etadi.

Doktorantura ta’limi o'zgarishlar katalizatori hisoblanib, ilmiy izlanuvchilar o‘z ish joylarini, jamoalarini va jamiyatlarini ilmiy nuqtai nazardan o‘zgartiradilar va rivojlantiradilar. Bizning xalqaro miqyosda tan olingan professor-o‘qituvchilarimiz sizning to‘liq salohiyatingizga erishishingizga va professional orzularingizni haqiqatga aylantirishingizga yordam berishga sodiqdirlar.
Biz sizni professional o‘sishingizning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz. Biz birgalikda dunyoni ham insoniyat, ham tabiat uchun yaxshiroq joyga aylantirishga hissa qo‘shishimiz mumkin.
Biz sizni professional o‘sishingizning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz. Biz birgalikda dunyoni ham insoniyat, ham tabiat uchun yaxshiroq joyga aylantirishga hissa qo‘shishimiz mumkin.
f-m.f.n., Dotsent Ikrom Rixsiboyev
Doktorantura maktabi dekani
Doktorantura maktabi dekani
Biz bilan bog’laning!
Ish vaqti
Dushanba - Juma
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
(tushlik 13:00-14:00)
(tushlik 13:00-14:00)
Telefonlar
(+998 71) 238 74 00 – Enquiry office
(+998 71) 238 74 00 ext 566
Enquiry office: research@wiut.uz
Ilmiy tadqiqot bo’limi:
nrashitova@wiut.uz