Dasturlar haqida

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti doktorantura maktabi ikki yo‘nalish bo‘yicha mahalliy falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dasturlarini taqdim etadi:
1

Menejment (08.00.13)

2

Ekonometrika va statistika (08.00.06)

Ushbu dasturlar mahalliy (O‘zbekiston) talablari asosida amalga oshiriladi. PhD/DSc dasturlari bo‘yicha o‘qish shakli kunduzgi (tayanch doktorantura va doktorantura) va sirtqi (mustaqil izlanuvchi) sifatida tarzda olib boriladi.

O‘qishga qabul qilish talablari va o‘qish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi O‘zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini nazorat qiluvchi hamda ilmiy darajalar (PhD va DSc) beruvchi davlat organi hisoblanadi. 

FALSAFA DOKTORI (PhD) DASTURI

Ilmiy tadqiqotlar orqali akademik mukammallikni rivojlantirish

FAN DOKTORI DASTURI (DSc)

Ilmiy kashfiyotlar orqali yetakchi innovatsiya