Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi. Ixtisosliklar shifri, nomi va ajratilgan kvota:
Ixtisoslik shifri va nomi | Ajratilgan kvotalar soni | |
---|---|---|
Tayanch doktorantura | Doktorantura | |
08.00.06 — Ekonometrika va statistika | 2 | 1 |
08.00.13 — Menejment | 2 | 1 |
Topshiriladigan hujjatlar
Tayanch doktoranturaga:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B2 va undan yuqori);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
Doktoranturaga:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B2 va undan yuqori);
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim https://daraja.ilmiy.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun: (71) 2387415, Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак., Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.