Tasdiqlangan falsafa doktori (PhD) darajasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi Gafurov Anvar Bazarbayevichning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlandi. Gafurov Anvar Bazarbayevichga PhD diplomi Toshkent xalqaro Vestminster unisersiteti (TXVU) rektori tomonidan tantanali topshirildi.

Gafurov Anvar Bazarbayevichning dissertatsiya ishi “Ko’mir sanoati korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish” mavzusida bo’lib, 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo’yicha TXVU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.22/30.12.2019.I.85.01 raqamli Ilmiy kengashida 2021-yil 5-may kuni himoya qilingan.