Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Menejment” (08.00.13) va “Ekonometrika va Statistika” (08.00.06) yo’nalishlari bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura) maktabi tashkil etildi. Nomzodlar 2021-yil uchun yuqoridagi ikki yo’nalish bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borish uchun saralab olinadilar.
Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish kunduzgi va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (mustaqil izlanuvchi sifatida) shakllarida tashkil etiladi.
Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish:
Grant asosida (O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari yoki universitet mablag’lari hisobidan) va to’lov-kontrakt/shartnoma asosida tashkil etiladi.
Ushbu dasturlarda o’qish uchun hujjatlar har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi. Mustaqil izlanuvchilik asosida qabul Vazirlar Mahkamasining №304 (22.05.2017). Qarori asosida har chorakda amalga oshiriladi.
