Ilmiy kengashning birinchi seminari

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va O‘zbekistonning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) ilmiy kengashni tashkil etildi. TXVU Ilmiy Kengashi (29.06.2019.I.85.01) - bu mahalliy universitetlardan nomzodlar “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin bo‘lgan platformadir. Ilmiy kengash faoliyati Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan 2019-yil 29-iyunda tasdiqlangan.

Ilmiy kengashning birinchi ilmiy seminari 2019-yil 27-noyabr kuni TXVUda bo‘lib o‘tdi.

Sana: 2019-yil 27-noyabr

Vaqti: soat 17:00

O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti, IB binosi 110 xona

Izlanuvchi: Gafurov Anvar Bazarbayevich

Dissertatsiya mavzusi: "Ko‘mir sanoati korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish"

Ilmiy rahbar: prof. Iminov Odiljon Karimovich

Institut: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

Ilmiy izlanish yo‘nalishi: Menejment (08.00.13)

Ilmiy kengash (yoki ilmiy seminar) to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish uchun Farhod Karimov (Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак., +998712387428) yoki Nilufar Rashitova (Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак., +998712387415) bilan bog‘lanishingiz mumkin.